Vatan taraqqiyoti, avval, taʼlimdan boshlanishi lozim. Hozirda Yangi Oʻzbekistonda inson qadrini yuksaltirish, yosh avlodga sifatli taʼlim va tarbiya berish hamda ular uchun mos sharoit yaratish davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylandi.
Chunki mamlakatning ertangi taraqqiyoti, uning iqtisodiy salohiyati va xalqaro maydonlardagi raqobatbardoshligi, bilimli va zamonaviy fikrga ega avlodga bogʻliq.
