Mamlakatdagi pensiya taʼminoti tizimi mustaqillikni qoʻlga kiritganidan beri tub oʻzgarishlarga uchradi. Garchi milliy pensiya tizimining huquqiy asoslari 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida» Qonuni bilan yaratilgan boʻlsa-da, keyingi yillarda asosiy eʼtibor hisoblash, moliyalashtirish va pensiyalarni belgilash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratildi.
Bugungi kunda tizimdagi eng muhim oʻzgarishlar raqamlashtirish va proaktiv xizmatlarni joriy etish orqali namoyon boʻladi.


