Mogʻuliston Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YII) bilan savdo munosabatlarida ijobiy dinamikani namoyish etmoqda.
YII xalqaro iqtisodiy birlik boʻlib, faoliyatini 2015-yil 1 yanvardan boshladi. Hozirda bu ittifoqqa Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston kiradi. Oʻzbekiston 2020-yilda YII da kuzatuvchi maqomini olgan. Shuningdek, Moldova, Kuba va Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.
