Keyingi yildan boshlab, tijorat maqsadlarida tovarlarni olib kiruvchi jismoniy shaxslar uchun yagona bojxona toʻlovi miqdori kamaytiriladi. Bundan tashqari, xorij savdo operatsiyalari boʻyicha baʼzi talablar bekor qilinadi, bu esa tadbirkorlar uchun bojxona tartiblarini soddalashtiradi.
