Tadqiqot Floresdagi hobbitlarning yurish uslubi insonga koʻproq oʻxshashligini koʻrsatdi
Batafsil
N+1
nplus1.ru

Tadqiqot Floresdagi hobbitlarning yurish uslubi insonga koʻproq oʻxshashligini koʻrsatdi

Paleoantropologlar Flores orolida topilgan mashhur hobbitning anatomiyasini chuqur oʻrgandilar, uning skeleti eng yaxshi holatda saqlangan. Mutaxassislar bu individning suyak qoldiqlarini tahlil qilib, ularni zamonaviy va qadimgi odamlar, shuningdek, boshqa hominidlar, shimpanz va gorillarning qoldiqlariga solishtirishdi.

Ushbu tadqiqot jarayonida olimlar hobbitlarning harakatlanish usuli avstralopitek yurishidan koʻra inson yurishiga koʻproq oʻxshash ekanligi haqida xulosa qilishdi.

Bu tahlil natijalari American Journal of Biological Anthropology nashrida joylashtirilgan ilmiy maqolada taqdim etildi.

Mashhur