Vatan himoyachisi boʻlish – bu sharaf, kasb egallash esa kelajakka ishonch. Hozirgi kunda mamlakatimizda yosh avlodni milliy ong va harbiy ruhda tarbiyalashga, shuningdek, Vatan, burch va masʼuliyatga sodiqlik hislarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, harbiy xizmatdan keyingi hayot uchun mustahkam poydevor yaratishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Armiya nafaqat jismoniy tayyorgarlik va harbiy mahorat maktabi, balki yosh odamning hayotdagi oʻz oʻrnini topishiga yordam beradigan ulkan tarbiya va tajriba maktabi boʻlishi kerak.
