Gerpetologlar Kyoto shahridagi buddizm va shintoizm ibodatxonalari hududida joylashgan oʻttiz sakkiz kichik suv havzasidagi amfibiyalarning turlari boʻyicha tadqiqot oʻtkazishdi. Tahlilni oʻtkazish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri vizual va akustik kuzatuvlar, shuningdek, atrof-muhit DNK tahlili kabi turli usullar qoʻllanilgan.
Ish jarayonida olimlar oltita mahalliy (aborigen) qurbaqa va xiltalak turlarining mavjudligini qayd etishga muvaffaq boʻldilar. Ulardan tashqari, suv havzalarida bitta invaziv qurbaqa turi hamda bitta mahalliy triton turi aniqlangan.
Urban Ecosystems jurnalida eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, olingan natijalar inson faoliyati bilan oʻzgargan joylarda ham ibodatxona hududlari turli oʻsimlik va hayvon turlari uchun boshpana vazifasini bajarishi mumkinligini koʻrsatadi.
