Venezuela vaqtincha prezidenti Delsi Rodriges shanba kuni AQSh bilan energiya shartnomasi 25 yil davomida amal qilishini maʼlum qildi. Ushbu shartnoma xom neft ishlab chiqarishni kuniga 1,5 million barrelgacha oshirish va Venezuela suverenitetini tabiiy resurslari ustidan saqlab qolishga qaratilgan.
Rodriges kechki nutqida bu bitimni yuqori baholab, uni 'tarixiy' shartnoma deb atadi. U bu bitim mamlakat iqtisodiyotini tiklashga yordam berishi va davlat daromadlarini oshirib, kelajak davlatining shakllanishiga hissa qoʻshishiini taʼkidladi.
