Istanbul koʻrgazma markazida «F Istanbul-2026» xalqaro oziq-ovqat koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir faqat oziq-ovqat va ichimliklar bilan cheklanib qolmasdan, shuningdek, qadoqlash, shokolad, quritilgan mevalar va yongʻoqlar, shuningdek, oziq-ovqat ishlab chiqarish texnologiyalarini ham qamrab oldi.
Bu koʻrgazmaning asosiy maqsadi ishlab chiqaruvchilar va yirik xaridorlar, importchilar hamda distribyutorlar oʻrtasida aloqalarni oʻrnatish edi.
