Bugungi kunda oliy taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor mamlakatning kelajagi, inson kapitali va jamiyatni rivojlantirishga uzoq muddatli investitsiyalar sifatida namoyon boʻladi. Zamonaviy oliy taʼlim muassasasi shunchaki bilim olish joyi boʻlib qolmadi.
U ilmiy taraqqiyot, innovatsiyalar, tadbirkorlik, xalqaro hamkorlik va ijtimoiy rivojlanish uchun asosiy tayanch nuqtaga aylanyapti.
