Prezident mamlakatning eng ulugʻ boyligi Yangi Oʻzbekiston yoshlari ekanligini va ular ertangi kunning hal qiluvchi kuchi boʻlib xizmat qilishini taʼkidladi.
Maqsadli va mehnatsevar fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash uchun har yili 20–25 trillion soʻm miqdorida mablagʻ ajratilmoqda. Hozirda yosh tadbirkorlar mamlakat biznesining 35 foizini tashkil etmoqda.
