Guliston shahrida "Sirdaryoda biznesingizni qiling!" nomli xalqaro investitsion forum boshlandi. Ushbu yirik tadbir 27-28 avgustda boʻlib oʻtadi va uchrashuvlar uchun muhim maydon vazifasini bajaradi.
Forumning asosiy maqsadi – Sirdaryo viloyati salohiyatini xalqaro biznes hamjamiyatiga namoyish etish, shuningdek, yangi hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va aniq kelishuvlarga erishishdir.
