Oʻzbekiston judo federatsiyasi xabariga koʻra, Behruzbek Usmonov Ekvadorda oʻtkazilayotgan yoshlar judo Jahon chempionati boʻyicha bronza medalni qoʻlga kiritdi. U 73 kg gacha vazn toifasida ishtirok etdi.
Usmonov musobaqalarning oxirgi kunida mukofot olgan Oʻzbekiston milliy jamoasining yagona sportchisi boʻldi. Ikki kunlik turnirdan soʻng Oʻzbekiston vakillari bir oltin va toʻrtta bronza medalni oʻzlashtirdilar.
Umumiy medal hisobi Oʻzbekiston jamoasining jamoaviy hisobda yetakchi uchlikka kirishiga imkon berdi.
