Kosmosda uzoq vaqt turish astronavtlarda hazm qilish muammolariga sabab boʻlishi mumkinligi aniqlandi. Kopenhag universiteti va NASA tadqiqotchilari ushbu holatning ehtimoliy sababini aniqlash uchun 52 astronavtning qon namunalarini tahlil qilishdi.
Tadqiqot natijalari ichaklardagi bakteriyalar kosmosda odatiy sharoitlarga qaraganda koʻproq proteinni parchalashini koʻrsatdi.
