Antropologlar Rim davriga oid yirik massaviy dafnodan chiqarilgan skeletlarni oʻrganganidan soʻng dastlabki xulosalarni eʼlon qilishdi. Ushbu qoldiqlar 2024-yilda Avstriya hududida topilgan.
Tadqiqotchilar taxminan ikki ming yil oldin vafot etgan odamlarning suyaklaridagi shikastlanishlarni batafsil oʻrgandilar. Tahlil natijalariga koʻra, harbiy xizmat qilgan deb faraz qilinadigan baʼzi dafn qilingan shaxslar oʻlimidan oldin qorin boʻshligʻi hududiga jarohat olganlar.
