65 yoshdan katta boʻlgan taxminan yetti ming kishini qamrab olgan longitudial maʼlumotlar tahlili vazn va oʻlim xavfi bilan bogʻliq maʼlum naqshlarni aniqladi.
Natijalarga koʻra, ortiqcha vazn yoki birinchi va ikkinchi darajali semizlikka chalingan erkaklarda oʻlim xavfi normal vaznga ega erkaklarga qaraganda pastroq boʻldi. Biroq, yuqori bel atrofi koʻrsatkichi oʻlim natijasi ehtimolini oshirish bilan bogʻliq edi.
Xuddi shunday tendensiyalar ayollar orasida ham aniqlandi. Ushbu tadqiqot maʼlumotlari ilmiy nashr Journal of the American Geriatrics Societyda rasman eʼlon qilindi.
