Rossiyadagi «Max» messenjeri oʻzbek tilida ishlashni boshladi
Batafsil
Sputnik Uzbekistan
sputniknews.uz

Rossiyadagi «Max» messenjeri oʻzbek tilida ishlashni boshladi

Rossiyadagi milliy platforma «Max» qoʻllab-quvvatlanadigan tillar roʻyxatini kengaytirdi va endi uning interfeysi oʻzbek tilida mavjud. Sputnik xabariga koʻra, foydalanuvchilar ilova interfeysida oʻzbek tilini tanlashi mumkin.

Avval platformada Oʻzbekiston telefon raqamlari (+998 kodi bilan) yordamida roʻyxatdan oʻtish imkoniyati mavjud boʻlgan, shuningdek, Oʻzbekistonlik foydalanuvchilar uchun roʻyxatdan oʻtish 2025-yil noyabr oyida ochilgan edi.

Bundan tashqari, ilova interfeysi rus, ingliz, ispan va Braziliya variantidagi portugal tillarida ham mavjud.

Hozirda «Max»da Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasi mintaqalaridagi 40 ta mamlakatlar, shuningdek, MDX davlatlari telefon raqamlari orqali roʻyxatdan oʻtish imkoniyati nazarda tutilgan.

Platforma 2025-yil mart oyida taqdim etilgan va matnli xabarlar almashish, ovozli va video qoʻngʻiroqlar qilish, fayllar almashish, shuningdek, kanallar va guruhlardan foydalanish imkonini beradi.

Platforma shuningdek, Rossiyadagi pul oʻtkazish tizimlari, raqamli identifikatsiya va davlat axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan xizmatlarni taqdim etadi.

Mashhur