Davlatda yadroviy tadqiqot reaktori mavjud boʻlib, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish rejalashtirilmoqda. Bu sharoit radioaktiv chiqindilar bilan shugʻullanishga qonuniy tartibni joriy etishni talab qiladi.
Umuman olganda, sanoat, tibbiyot, fan va boshqa sohalar faoliyati natijasida paydo boʻladigan radioaktiv chiqindilarni tashish, saqlash, qayta ishlash va koʻmish jarayonlari yagona huquqiy hujjat asosida tartibga solinadi.
