Zamonaviy globalizatsiya sharoitida ekologik muammolar nafaqat ushbu soha mutaxassislari, balki keng jamoatchilik, ayniqsa yoshlar orasida ham xavotir uygʻotmoqda.
Bunday masalalarga beparvo qolmay, «Blue Zarafshon» ekologik tashabbusi tashkil etildi. Ushbu tashabbus Navoiy shahridagi Prezident maktabi hududida yaratilgan va tabiatni saqlash hamda atrof-muhitni himoya qilishga qaratilgan.
