Samarqandda Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasida birinchi turistik forum oʻtkazilmoqda. Ishtirokchilar sayyohlar oqimini oshirish, yangi yoʻnalishlar yaratish va bevosita aviatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Samarqandda Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasida birinchi turistik forum oʻtkazilmoqda. Ishtirokchilar sayyohlar oqimini oshirish, yangi yoʻnalishlar yaratish va bevosita aviatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Xalqaro turistik markaz «Silk Road Samarkand»da ikki davlatning turizm sohasidagi vakillari uchrashdi. Forumning asosiy maqsadi Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, sayyohlar sonini oshirish va yangi turistik yoʻnalishlarni ochishdan iborat.
Ochilish marosimida Turizm qoʻmitasi boshqaruvi oʻrinbosari Sanjar Tojiyev va Gruziya turizmi assotsiatsiyasi prezidenti Natalya Kvachantiradze nutq soʻzledi. Tomonlar madaniy, ekskursion, gastronomiya, ekologik va biznes turizmini rivojlantirish uchun katta salohiyat borligini taʼkidladilar.
Bundan tashqari, bevosita reyslar kengaytirilishi, tur operatorlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va media turlarini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.
Sanjar Tojiyev forum natijasida aniq kelishuvlar va birgalikdagi loyihalar tuzilishiga umid bildirdi. Rasmiy qismdan soʻng Oʻzbekiston va Gruziya turizm biznesi vakillari oʻrtasida B2B uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Tur operatorlari va kompaniyalar ikkala mamlakatdan sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan birgalikdagi tashabbuslar va yangi turistik mahsulotlar haqida fikr almashishdi.
Forum doirasida gruziyalik mehmonlar Samarqand va Buxoro turistik obʼektlari bilan tanishdilar. Bu tashriflar Oʻzbekistonning turistik imkoniyatlarini gruziyalik bozorida kengroq targʻib qilishga qaratilgan.
Norvegiya sayyohlik operatori «Elite Trave» «Ipak yoʻli xazinalarini» (Silkeveiens skatter) deb nomlangan maxsus turistik dasturni taqdim etdi. Ushbu dastur Oʻzbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini xorijiy sayyohlar orasida keng targʻib qilishga qaratilgan.
O‘zbekistonning turizm salohiyatini global bozorda kengroq targ‘ib qilish va xorijdan, xususan, yuqori daromadli sayyohlarni jalb etish maqsadida katta xalqaro marketing kampaniyasi boshlandi.
Bu loyiha dunyoning yetakchi sayohat platformalari bo‘lgan Expedia Group, Amadeus IT Group va Trip.com hamkorligida amalga oshirilmoqda. Ushbu platformalarning umumiy qamrovi 2 milliarddan ortiq auditoriyani o‘z ichiga oladi.
Marketing kampaniyasi AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Indoneziya, Tailand, Ispaniya, Polsha, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya va Finlandiya kabi turizm salohiyati yuqori bo‘lgan mamlakatlarni qamrab oladi.
Targ‘ibot doirasida O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus sahifalar yaratiladi, mamlakatning turistik imkoniyatlari haqida maqolalar chop etiladi hamda reklama materiallari veb-saytlar, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar va hamkorlik tarmoqlari orqali keng jamoatchilikka yetkaziladi.
Rejaga ko‘ra, kampaniya davomida 180 milliondan ortiq reklama namoyishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu choralar O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi, zamonaviy turistik infratuzilmasi va betakror sayohat yo‘nalishlarini millionlab chet elliklarga tanishtirish hamda mamlakatning xalqaro turistik brendini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot sifatida, Expedia Group tarkibiga Expedia, Hotels.com Vrbo, Travelocity va Orbitz kabi mashhur sayohat xizmatlari kiradi. Ularning xizmatlaridan har yili 300 milliondan ortiq sayyohi foydalanadi. Amadeus IT Group esa aviakompaniyalar, mehmonxonalar va turizm sohasi ishtirokchilarini birlashtiruvchi yirik bronlash tizimlaridan biri hisoblanadi. Trip.com esa Osiyoning eng yirik onlayn sayohat platformalaridan biri bo‘lib, 800 milliondan ortiq foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatadi.