Qashqadaryo viloyati Koson tumanida gaz taʼminotining barqarorligini taʼminlash, tarmoqlardagi yoʻqotishlarni kamaytirish va isteʼmolchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan amaliy tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida gaz taʼminotining barqarorligini taʼminlash, tarmoqlardagi yoʻqotishlarni kamaytirish va isteʼmolchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan amaliy tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Mustaqillik — bu xalqning oʻz kelajagini oʻzi belgilash huquqi hisoblanadi. Bu huquq hamma kishining oʻz vatan va xalqi taqdiriga nisbatan masʼuliyatini ham oʻz ichiga oladi.
O‘zLiDePning «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida Yangiyer shahrida keyingi sayyora qabul o‘tkazildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi aholi muammolarini joyida o‘rganish, murojaatlarga tezkor yechim topish va fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish edi.
Qabul davomida fuqarolardan jami 56 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 38 tasi shu joyda ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar va idoralarga aniq topshiriqlar berilib, ularning bajarilishi nazorat ostiga olindi.
Sayyora qabulda senator Pokiza Ahmadjanova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gavhor Olimova, O‘zLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashi apparati rahbari Shohista Bozorboeva, shuningdek, viloyat va shahar kengashlari deputatlari, partiya faollari hamda mahalliy hokimlik mutasaddilari ishtirok etdi.
Murojaatlarning katta qismi tibbiyot, taʼlim, elektr energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy gaz taʼminoti, maishiy chiqindilarni olib tashlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarga tegishli edi. Har bir murojaat batafsil o‘rutilib chiqildi va uning yechimi bo‘yicha mas’ul shaxslarga vazifalar belgilandi.
Sayyora qabul aholi uchun nafaqat shikoyat qilish, balki o‘z takliflari va tashabbuslarini bildirish imkoniyatini ham yaratdi. Xususan, aholi bandligini taʼminlash, yoshlar va ayollarni kasb-hunarga o‘qitish, yosh mutaxassislarni hududlarga jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga oid takliflar muhokama qilindi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, aholi bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni ofisda emas, balki joylarda o‘rganish va har bir murojaatga joyiga borib yondashish ushbu sayyora qabularning asosiy maqsadidir. Bu esa fuqarolarni qiynayotgan masalalarni tezkor hal etish va davlat organlari hamda aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida murojaatlar ijrosini taʼminlash, aholini qayg‘ulantirayotgan ijtimoiy masalalarga o‘z vaqtida yechim topish hamda hududlardagi dolzarb muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan ishlar alohida e’tiborga olingan.
Energetika vazirligi hududlarda ochiq muloqotlar o'tkazib, tadbirkorlarning muammolarini o'rganish, ularning murojaatlarini tinglash va amaliy choralar ko'rish maqsadida ishlamoqda. Ushbu muloqotlar elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minoti bo'yicha muammolarga qaratilgan.
Vazirlik axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, Yangiyul tumanida o'tkazilgan keyingi uchrashuvda Energetika vaziri Sherzod Xo'jayev va tuman hokimi San'atbek Jumaniyoz ishtirok etdi. Ushbu muloqotda 27 nafar tadbirkor qatnashdi.
Tadbirkorlar elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minoti, tarmoqlardagi uzilishlar, elektr quvvati va gaz bosimi bilan bog'liq masalalar, tarmoqlarga ulanish uchun texnik shartlarni olish, energiya resurslari bo'yicha qarzdorlik hamda boshqa turli muammolar bo'yicha murojaat qilishdi.
Murojaatlarning ba'zilari joyida ko'rib chiqilib, tegishli yechimlar belgilandi. Boshqa masalalar esa mas'ul shaxslar nazoratiga olinib, ijrosini ta'minlash bo'yicha topshiriqlar berildi.
Muloqot davomida, noqonuniy foydalanish holatlari bo'yicha qo'llanilgan moliyaviy sanktsiyalarni bekor qilish yoki kamaytirish Energetika vazirligining vakolatiga kirmasligi, bunday masalalar sud orqali ko'rib chiqilishi mumkinligi tushuntirildi. Shuningdek, elektr va gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda rasmiylashtirilishi, norasmiy yo'llar bilan hal qilishga yo'l qo'yilmasligi ta'kidlandi.
Energetika vaziri Sherzod Xo'jayev tadbirkorlarning qonun doirasida o'z huquqlarini talab qilishga haqli ekanligini ta'kidladi. U «Barcha hujjatlaringiz to'g'ri bo'lsa, hech kimdan iltimos qilishishingiz shart emas. Elektr tarmoqlaridan talab qiling. Buningga to'liq haqingiz bor» dedi.
Eslatma sifatida, Energetika vazirligi tomonidan bunday ochiq muloqotlar davom etib bormoqda. Hozirda Yangiyul tumani bilan birga yana 14 ta tumanlarda tadbirkorlarning murojaatlarini o'rganish va muammolarini hal etish bo'yicha shtablar faoliyat yuritmoqda.