2026-yil 5-avgustda «Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzelining» filiali Chuqursoy stantsiyasida Belarus Respublikasidan kelgan «Slavyanskiy karvan» nomli birinchi yoʻnaltirilgan yuk poyezdi qabul qilindi. Bu voqea marosim bilan kutib olingan.
Tadbirda «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ, «Temiryulinfratuzilma» AJ va «Toshkent MTU» filiali rahbariyati, shuningdek, Belarus Respublikasi Elchixonasining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi.
Bu yangi transport yoʻnalishini ishga tushirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenka oʻrtasida erishilgan yuqori darajadagi bitimlar va uchrashuvlarning amaliy natijasidir. Ikki davlat oʻrtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, oʻzaro savdo hajmini oshirish va zamonaviy logistika infratuzilmasi orqali sanoat hamkorligini kengaytirish vazifalari amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihaning poydevori joriy yilning 11-14-iyulyida Belarusning Vitebsk viloyatida boʻlib oʻtgan ikki tomonlama uchrashuvda qoʻyildi. Ushbu uchrashuvda qishloq xoʻjaligi va boshqa turdagi yuklarni temir yoʻl transporti orqali tashish masalalari muhokama qilindi.
Belarusdagi «Orsha-Vostochnaya» stansiyasidan 2026-yil 30-iyul kuni joʻnatilgan 3034 raqamli poyezd 51 vagondan iborat boʻlib, Chuqursoy stansiyasiga yetib borish uchun 3 822 kilometr masofani bosib oʻtdi.
Tadbir davomida «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ Belarus temir yoʻllari bilan hamkorlikni uzluksiz rivojlantirishi, xalqaro transport yoʻnalishlarini takomillashtirishi va ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishda davom etishi taʼkidlandi.


