Muxsina Shoymardonovaning psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi. Dissertatsiya mavzusi «Oʻqituvchilarda innovatsion faoliyatga ijobiy munosabatni rivojlantirish va idrok etishning psixologik muammolari» boʻlib, bu tadqiqot oʻqituvchilarning yangilikka nisbatan salbiy yoki ijobiy qarashlari bilan bogʻliq psixologik masalalarni chuqur oʻrgangan.



