Dunyo oltin kengashi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston 2026 yilning ikkinchi choragida jahon miqyosidagi oltin xarid bo'yicha yetakchilar orasida o'rnini egalladi. Mamlakat markaziy banki o'zining oltin zaxiralarini 16 tonaga oshirdi.
Hisobot davrida ko'proq oltin faqat Polsha va Xitoyning markaziy banklari tomonidan sotib olingan. Polsha zaxiralarini 51 tonaga, Xitoy esa 33 tonnaga oshirdi. Qozog'iston O'zbekistondan ortda qolib, 15 tonna toza xarid amalga oshirdi, shu bilan birga Iordaniya va Chexiya o'z oltin zaxiralarini har biri 6 tonna oshirdi.
Ushbu reyting hisobot davrida sotib olingan va sotilgan oltin hajmi farqi sifatida hisoblanadigan toza xaridlar asosida tuzilgan.
Dunyo oltin kengashi markaziy banklar va boshqa rasmiy tashkilotlar tomonidan ikkinchi chorakda jami 289 tonna oltin sotib olinganini ma'lum qildi. Bu ko'rsatkich ikkinchi chorak uchun rekord darajaga yetdi va o'tgan yilning shu davridagi hajmdan 62% ga oshdi.
Biroq, birinchi yarim yildagi toza xaridlar 345 tonnani tashkil etdi, bu esa 2022 yildan beri eng past daraja hisoblanadi. Ushbu natija birinchi chorakda bir qator mamlakatlar tomonidan katta miqdorda oltin sotilishi bilan bog'liq edi. Ikkinchi chorakda Rossiya eng katta sotuvchi bo'lib qoldi va o'z oltin zaxirasini 22 tonaga kamaytirdi.
Dunyo oltin kengashi markaziy banklar oltinni xalqaro zaxiralarni diversifikatsiya qilish va iqtisodiy hamda geopolitik noaniqlik fonida xatarlarni kamaytirish uchun strategik aktiv sifatida ko'rishda davom etayotganini ta'kidladi. Tashkilot so'rov natijalariga ko'ra, markaziy banklarning 89% kelgusi yil ichida jahon oltin zaxiralari yanada o'sishini kutmoqda, va 45% respondentlar o'z zaxiralarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.