Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan avgust oyi uchun e'lon qilingan federatsiyalar reytingida O‘zbekiston 8-o‘ringa ko‘tarilishga erishdi.
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan avgust oyi uchun e'lon qilingan federatsiyalar reytingida O‘zbekiston 8-o‘ringa ko‘tarilishga erishdi.
Bu natija iyul oyida mamlakat erkaklar terma jamoa aʼzolarining xalqaro musobaqalarda munosib ishtiroki va O‘zbekistondagi shaxmat musobaqalari belgilangan xalqaro talablar darajasida tashkil etilishi natijasida taʼminlandi. Erkaklar terma jamoasining o‘rtacha reytingi 2626 ni tashkil etdi.
Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar jamoasi 204 ta milliy jamoalar orasida o‘rtacha 2238 reyting ko‘rsatkichi bilan 20-poshona ni egalladi. Shuningdek, mamlakatning aralash jamoasi 2432 reyting balli bilan 14-o‘rinni band etdi.
O‘zbek shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova Ispaniyada bo‘lib o‘tgan Granada Chess Open 2026 xalqaro turnirida ayollar orasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu turnirga 353 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.
O‘zbekiston Shaxmatlar Federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonlik xalqaro ustoz Gulruhbegim Tohirjonova ushbu xalqaro musobaqada ayollar orasida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.
Shaxmatchi 9 turda 6 ball to‘plab, umumiy 37-o‘rinni egalladi. U turnirga 43-raqamli ishtirokchi sifatida boshladi. Musobaqa davrida Tohirjonova to‘rtta g‘alaba, to‘rtta tenglik va bitta mag‘lubiyat oldi.
Xususan, u turnir g‘olibining hindyistonlik grandmaster Bharat Subramaniyam bilan ham, fransuz grandmaster Pierre Laurent-Paoli bilan ham tenglikka erishdi. Subramaniyam esa 7,5 ball to‘plab, turnirni birinchi o‘rinda yakunladi.
Raqiblar reytinglari va erishilgan natijalarga asoslangan dastlabki hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, Tohirjonova o‘z xalqaro reytingini deyarli 9,1 ballga oshirishi mumkin. Reytingning rasmiy o‘zgarishi FIDE natijalarni hisobga olgandan so‘ng e’lon qilinadi.
Granada Chess Open Granadada 28 iyuldan 2 avgustgacha o‘tkazildi. To‘qqiz turli musobaqada 48 federatsiyadan 353 kishi ishtirok etdi, shu jumladan 11 nafar grandmaster va 30 nafar xalqaro ustoz bor edi. Turnir klassik shaxmat qoidalariga muvofiq o‘tkazildi, har bir ishtirokchiga partiya uchun 90 daqiqa va har bir yurish uchun qo‘shimcha 30 soniya berildi. Musobaqalar FIDE reytingi uchun, shuningdek, xalqaro grandmaster va ustoz normalarini olish uchun hisobga olinadi.