Toshkentdagi Milliy futbol markazida 3-7 avgustda Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) tomonidan G'arbiy mintaqa uchun maxsus tashkil etilgan elita darajali hakamlar uchun seminar bo'lib o'tadi. Ushbu nufuzli tadbir O'zbekistonda birinchi marta o'tkazilmoqda.
Seminar AFC kalendari bo'yicha eng muhim o'quv tadbirlaridan biri hisoblanadi. Uda AFC hakamlar departamenti vakillari, Osiyodan 92 nafar elita darajali hakamlar, tajribali instruktorlar va hakamlarni tayyorlash sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etadi.
Besh kunlik o'quv dasturi zamonaviy hakamlik standartlari, o'yin vaziyatlarini tahlil qilish, qaror qabul qilish sifati, maydonni boshqarish madaniyati, jismoniy tayyorgarlik va VAR texnologiyasini samarali qo'llash kabi mavzular bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi.
Kutilayotganicha, ushbu seminar Osiyo futbolidagi hakamlik sifatini oshirishga, yagona yondashuv va xalqaro standartlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, O'zbekiston vakillari, tajribali instruktor Valentin Kovalenko va FIFA hakami Ilgiz Tantashov Yaponiya sharoitida bo'lib o'tadigan Sharq mintaqasi bosqichlarida ishtirok etadilar. Bu mamlakatimiz hakamlik maktabining o'sib borayotgan xalqaro avtoritetini ko'rsatadi.