To'ychiev Jo'rabek Muqimjon o'g'lining san'atshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoya qilinadi. Ushbu dissertatsiya «Yangi ma'naviy makonni yaratishda madaniyat va san'atning ijtimoiy funksiyalari» mavzusida yozilgan.
Himoya yig'ilishi haqida ma'lumot
Bu dissertatsiya ishi Madaniyat nazariyasi va tarixi, madaniyatshunoslik ixtisosligi bo'yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilmoqda. Himoya O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengashning 2026 yil 24 avgust kuni soat 12:00 da o'tkaziladi.



