2026 yilgi Jahon futbol chempionati uchun mezbonlik mamlakatlarning umumiy xarajatlari 12–14 milliard dollar atrofida baholanmoqda. Turnir AQSh, Kanada va Meksikada o'tkaziladi.
2026 yilgi Jahon futbol chempionati uchun mezbonlik mamlakatlarning umumiy xarajatlari 12–14 milliard dollar atrofida baholanmoqda. Turnir AQSh, Kanada va Meksikada o'tkaziladi.
Asosiy xarajatlar AQSh tomonidan qoplanadi. Xususan, turnir xavfsizligini ta'minlash, shu jumladan dronlardan himoya tizimlariga 500 million dollar ajratilgan. Mahalliy qonunchilik tufayli umumiy byudjetning sezilarli qismi ochiq emas.
Kanada turnir uchun taxminan 800 million dollar sarflashni rejalashtirmoqda. Bu mablag'lar Vancouver, Britaniya Kolumbiya provinsiyasi va Toronto shahridagi tashkiliy xarajatlarni qoplaydi.
Meksikaning xarajatlari nisbatan kichik, chunki mamlakat yangi stadionlar qurish o'rniga mavjud mashhur stadionlarni modernizatsiya qilishga qaror qildi.
JCh-2026 ning asosiy moliyaviy afzalligi shundaki, mezbon davlatlar deyarli yangi stadionlar qurmayapti. Turnirda asosan NFL va futbol o'yinlari uchun allaqachon mavjud infratuzilma ishlatiladi.
FIFA esa chipta narxlarining oshishi va media huquqlari daromadlari tufayli rekord daromad, ya'ni 13–14 milliard dollar olishni prognoz qilmoqda.
Taqqoslash uchun, Qatar mezbonlik qilgan JCh-2022 uchun xarajatlar 220 milliard dollardan oshgan. Bunga barcha yangi stadionlar, shaharlar va boshqa infratuzilma ob'ektlari noldan qurilishi sabab bo'ldi.