O'zbek olimlarining asteroidlar fotometriyasi, o'zgaruvchan yulduzlar va gamma portlashlari sohasidagi tadqiqotlari xalqaro tanilishga sazovor bo'ldi. Xalqaro astronomiya ittifoqining kichik jismlar nomenklaturasi bo'yicha ishchi guruhi ikki kichik jismni — asteroidlarni — O'zbek olimlari Kamoliddin Ergashov va Otabek Burxonov nomiga atadi.
