Avstriya kompaniyasi Banner Batterien, JAZ aksiyadorlik jamiyati va Uztelesnavat Assotsiatsiyasi vakillari O'zbekiston hududida avtomobil batareyalari ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilish istiqbollarini muhokama qildi. Ushbu muzokaralar sanoat assotsiatsiyasi tashabbusi bilan video-konferensiya orqali o'tkazildi.
